Biz haqimizda
OfisTop tadbirkorlarga biznesi uchun mos joyni tez topishga, mulk egalari va biznes markazlarga esa ijarachi topishga yordam beradi.
Faqat tijorat joylari
Ofis, biznes markazdagi xona, kovorking, do‘kon, ombor va ishlab chiqarish joylari — uy-joy va boshqa e’lonlarsiz.
Har bir e’lon tekshiriladi
Moderator e’lonni chop etishdan oldin va har bir muhim o‘zgarishdan keyin ko‘rib chiqadi.
Biznes markazlar bitta sahifada
Markazdagi bo‘sh xonalar, narxlar, qulayliklar va vakil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa
Mulk egasi yoki vakil bilan bevosita bog‘lanasiz. Kontaktni ko‘rish uchun to‘lov olinmaydi.
Aloqa
Biznes markaz egalari uchun: markaz sahifasi va vakil kabinetini ochish uchun biz bilan bog‘laning.